«boyovut tumani» tegli maqolalar


Sirdaryoda $3 ming evaziga TIQXMI Qarshi filiali diplomini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi
9 sentabr 2022, 20:05

Sirdaryoda $3 ming evaziga TIQXMI Qarshi filiali diplomini olib bermoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi

Boyovut tumanida ikki fuqaro Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi to‘g‘risida diplom olib berish uchun 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Sirdaryoda yo‘llarni ta’mirlashda 1,5 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi
23 iyun 2022, 09:52

Sirdaryoda yo‘llarni ta’mirlashda 1,5 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Boyovut tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbarlari yo‘l infratuzilmalarini ta’mirlashda qo‘shib yozish orqali 1,5 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Korxona mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Boyovut qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi osilgan holda topildi
22 iyun 2022, 15:24

Boyovut qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi osilgan holda topildi

Sirdaryo viloyati Boyovut tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi ish joyida osilgan holda topildi. U qimor o‘yinida yutqazib qo‘ygani uchun o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.

«Kengash raisi hokimdan kuchli bo‘lishi kerak». Boyovut tumani hokimi kengash raisligini deputatlarga topshirdi
8 fevral 2022, 09:38

«Kengash raisi hokimdan kuchli bo‘lishi kerak». Boyovut tumani hokimi kengash raisligini deputatlarga topshirdi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Shirin shahrida tajriba tariqasida hokimning xalq deputatlari kengashi raisi maqomi bekor qilinmoqda. «30 ta deputat ichidan kengash raisi saylanadi. U meni boshqaradida endi… Bir umrlik orzuyim shu», — dedi Boyovut hokimi Dilfuza Uralova. Uning so‘zlariga ko‘ra, doimiy ishlovchi deputat va senatorlar faoliyat yo‘lga qo‘yiladi, ularga oylik maosh to‘lanadi. Endi hokim o‘ziga emas, balki kengash oldida hisobot beradi.

Sirdaryoda tuman hokimi 860 dan ortiq daraxtni kesishga ruxsat berdi
4 oktabr 2021, 20:01

Sirdaryoda tuman hokimi 860 dan ortiq daraxtni kesishga ruxsat berdi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova bir kunning o‘zida (4 oktabr) 866 tup daraxtni kesishga oid 12 ta qarorni imzoladi. Daraxtlar zararkunandalar va iqlim ta’siri oqibatida qurib qolgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tuman hokimligi va Davlat ekologiya qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari Saodat Mirzayeva vafot etdi
6 sentabr 2021, 12:09

Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari Saodat Mirzayeva vafot etdi

Boyovut tumani hokimligi tuman hokimining o‘rinbosari Saodat Mirzayeva 51 yoshida vafot etdi. U mazkur lavozimda 2020 yil 26 iyundan beri ishlab kelayotgan edi.

Boyovut tumanida kuchli shamol esishi kuzatildi
18 mart 2021, 13:36

Boyovut tumanida kuchli shamol esishi kuzatildi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kuchli shamol esishi oqibatida bank binosining tomi qulab tushdi. Bir necha mahallalarda elektr ta’minoti uzilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting